Maxfiylik siyosati
Tuman Hub · kuchga kirgan sana: 2026-yil 29-sentabr
Tuman Hub — O'zbekiston tumanlari va qishloqlaridagi do'kon, kafe, usta, taksi, qatnov, salon va xizmat ko'rsatish joylariga navbat, e'lonlar va boshqa mahalliy xizmatlarni bitta ilovada bog'laydigan xizmat (Telegram Mini App, sayt, Android va iOS ilovasi). Ushbu hujjat qaysi ma'lumotlarni nima uchun yig'ishimizni tushuntiradi.
Qanday ma'lumotlarni yig'amiz
- Telegram hisobi: Telegram ID raqamingiz va ismingiz — Telegram orqali kirganingizda.
- Apple hisobi (iPhone ilovasi, «Apple bilan kirish»): Apple beradigan foydalanuvchi identifikatori va siz ruxsat bergan ism. Apple email manzilni (yoki yashirin «Hide My Email» manzilni) ham berishi mumkin — biz uni saqlamaymiz va ishlatmaymiz.
- Google hisobi (Android ilovasi, «Google bilan kirish»): Google beradigan foydalanuvchi identifikatori va Google hisobingizdagi ism. Google email manzilingizni ham beradi — u faqat kirishni tekshirish uchun ishlatiladi, biz uni saqlamaymiz.
- Telefon raqami: Telegram botida o'zingiz ulashganingizda — kuryer, usta yoki do'kon siz bilan bog'lanishi uchun.
- Manzil: tanlagan tuman va hudud (tuman markazi yoki qishloq), buyurtmaga yozgan izoh va mo'ljal.
- Xizmatdan foydalanish: buyurtmalar, qatnov bronlari, navbatlar, usta chaqiruvlari, texnika ijarasi so'rovlari, hosil e'lonlari.
- Aniq joylashuv (mijozlar, ixtiyoriy): faqat siz «Mening joylashuvim» tugmasini bosganingizda — xaritada manzilni yoki taksi chaqirganda olib ketish nuqtasini belgilash uchun. Tanlangan nuqta buyurtma/safar bilan saqlanadi va uni bajarayotgan haydovchi yoki kuryerga ko'rsatiladi. Mijozdan fonda joylashuv olinmaydi.
- Rasmlar: o'zingiz yuklagan rasmlar (e'lon, menyu, joy sahifasi, usta chaqiruvi, obuna to'lovi cheki).
- O'quv markazlariga ariza: kursga yozilganda telefon raqami, ixtiyoriy izoh va — farzandingizni yozsangiz — o'quvchining ismi va yoshi. Bu ma'lumot faqat siz tanlagan o'quv markaziga (arizani ko'rib chiqish uchun) yuboriladi.
- Bildirishnoma tokeni: telefon ilovasida push-bildirishnoma yuborish uchun qurilma tokeni (Google Firebase Cloud Messaging / Apple Push Notification service).
- Kuryer, haydovchi, usta va biznes egalari uchun: ariza ma'lumotlari, biznes sahifasi ma'lumotlari, obuna to'lovlari va kuryer/haydovchi liniyada bo'lganda joylashuvi (faqat faol ish paytida).
Taksi haydovchilarining hujjatlari. Haydovchi bo'lib ro'yxatdan o'tishda tasdiqlash uchun quyidagilar suratga olinadi yoki yuklanadi: selfi (yuzingiz), haydovchilik guvohnomasi (prava, ikki tomoni), avtomobil texnik pasporti (ikki tomoni), avtomobil suratlari (old, orqa, yon, ichki) hamda mashina rusumi, rangi va davlat raqami.
Prava va texpasport suratlari yopiq omborda saqlanadi: ular ochiq havola orqali berilmaydi, faqat tuman operatori tekshirish uchun qisqa muddatli imzoli havola orqali ko'ra oladi. Selfi (haydovchi surati), avtomobil suratlari, rusumi, rangi va davlat raqami safar davomida shu safarning mijoziga ko'rsatiladi — mijoz to'g'ri mashinaga o'tirishi uchun. Hisob o'chirilganda barcha hujjat suratlari serverdan o'chiriladi.
Taksi haydovchilarining aniq joylashuvi. Haydovchi «Liniyaga chiqish»ni bosib, ilovadagi ogohlantirishga rozi bo'lgach, Tuman Hub telefonning aniq joylashuvini (GPS koordinatalari, harakat yo'nalishi, tezligi va aniqligi) taxminan har 5–8 soniyada serverga yuboradi — Android ilovasida ekran o'chiq yoki ilova fonda bo'lsa ham (bildirishnoma panelida doim «Tuman Hub: liniyadasiz» yozuvi turadi). Bu faqat haydovchi liniyada yoki safarda bo'lgan vaqtda ishlaydi; «Liniyadan chiqish» bosilganda yuborish to'xtaydi va oxirgi joylashuv serverdan o'chiriladi. Fon joylashuvi ruxsati («har doim» / iPhone'da «Doim») so'ralmaydi — faqat «ilova ishlatilayotganda» ruxsati.
Nima uchun: yaqin atrofdagi mijozlarga bo'sh taksini xaritada ko'rsatish (ism, telefon va davlat raqamisiz, koordinatalar ~110 m gacha yaxlitlangan, mashina identifikatori har kuni almashadigan anonim belgi bilan), yangi chaqiruvni eng yaqin haydovchiga birinchi taklif qilish va safar davomida mijozga mashina qayerdaligini va yetib kelish vaqtini ko'rsatish. Kim ko'radi: safar davomida — shu safarning mijozi (mashina joylashuvi va yo'nalishi); tuman operatori — xizmat sifatini nazorat qilish uchun oxirgi joylashuv. Joylashuv tarixi (marshrut) saqlanmaydi — faqat oxirgi nuqta; u reklama uchun ishlatilmaydi va sotilmaydi.
Drivers' precise location (English). When a driver taps "Go online" and accepts the in-app disclosure, Tuman Hub collects the device's precise location (GPS coordinates, heading, speed, accuracy) about every 5–8 seconds — on Android also while the screen is off or the app is in the background, with a persistent "Tuman Hub: you are online" notification. Collection happens only while the driver is online or on a ride and stops immediately when they go offline (the last location is then deleted from the server). Background ("all the time" / iOS "Always") location permission is never requested — only "while using the app". It is used to show available cars to nearby riders (without name, phone or plate, coordinates rounded to ~110 m, with an anonymous identifier that changes daily), to offer new ride requests to the nearest drivers first, and — during a ride — shared with that ride's rider so they can see the car and ETA. Only the latest point is stored (no route history); it is never sold or used for advertising.
Biz reklama uchun kuzatuv, uchinchi tomon analitikasi yoki reklama identifikatorlaridan foydalanmaymiz.
Nima uchun ishlatamiz
- Buyurtmani qabul qilish, tayyorlash va yetkazish; yetkazish narxini manzilingizga qarab hisoblash.
- Qatnov, navbat, usta va ijara so'rovlaringizni bajarish.
- Buyurtma, yozilish va taksi holati haqida Telegram va push-bildirishnoma orqali xabar yuborish.
- Sun'iy intellekt yordamchisi (qidiruv, tavsif yozish, savollarga javob): siz yozgan matn yoki tanlagan rasm javob tayyorlash uchun Google Gemini xizmatiga yuboriladi. Bu ma'lumot reklama uchun ishlatilmaydi.
- Firibgarlik va suiiste'molning oldini olish.
Kim bilan ulashamiz
Faqat xizmatni bajarish uchun kerak bo'lgan qism: buyurtma bergan do'kon (buyurtma tarkibi va manzil), buyurtmani olgan kuryer (ism, telefon, manzil), sizga biriktirilgan usta (ism, telefon, muammo tavsifi) va tumaningiz operatori. Taksi safari davomida mijoz haydovchining joylashuvi, ismi, surati va mashina ma'lumotlarini, haydovchi esa mijozning olib ketish nuqtasi va manzilini ko'radi. Kursga arizangiz (o'quvchi ismi va yoshi bilan) faqat tanlangan o'quv markaziga boradi. E'lon bergan bo'lsangiz, telefon raqamingiz e'lonlar ro'yxatida ko'rsatilmaydi — uni faqat e'loningizni ochib, «Raqamni ko'rsatish» tugmasini bosgan foydalanuvchi ko'radi (raqamlarni ommaviy yig'ib olishga qarshi kunlik chegara bilan). To'lovlar uchun — Payme (to'lov summasi, buyurtma raqami). Texnik xizmat ko'rsatuvchilar: Google (Firebase bildirishnomalari, Gemini sun'iy intellekti, xarita tasvirlari), Apple («Apple bilan kirish», iOS bildirishnomalari), Telegram (kirish va xabarlar). Ma'lumotlaringiz sotilmaydi va reklama maqsadida berilmaydi. Qonun talab qilgan hollar bundan mustasno.
Onlayn to'lovlar va bank kartasi
Ilovada to'lov bank kartasi bilan Payme to'lov tizimi orqali amalga oshiriladi. Karta raqami, amal qilish muddati va SMS kod faqat Payme sahifasida yoki Payme himoyalangan tizimida kiritiladi — Tuman Hub ularni ko'rmaydi va saqlamaydi.
Kartani ilovaga ulasangiz, Payme bizga faqat kartaning tokenini (raqamsiz shartli identifikator), kartaning yashirin ko'rinishini (masalan, 8600 **** **** 1234) va turini beradi. Token yordamida faqat siz roziligingizni bergan to'lovlar yechiladi: yakunlangan taksi safari narxi, buyurtma summasi, oylik obuna yoki haydovchi balansini to'ldirish (avtomatik to'lov). Har bir to'lov haqida xabar va chek yuboriladi.
Ulangan kartani istalgan payt Profil → To'lov kartalari bo'limida o'chirishingiz va avtomatik to'lovni o'chirib qo'yishingiz mumkin; shundan keyin token o'chiriladi va undan to'lov yechilmaydi. Biz to'lov tarixini (summa, sana, nima uchun to'langani, Payme tranzaksiya raqami) buxgalteriya va soliq qonunchiligi talab qilgan muddat davomida saqlaymiz.
Saqlash va himoya
Ma'lumotlar himoyalangan serverda saqlanadi, ulanish shifrlangan (HTTPS). Hisobingiz faol ekan, ma'lumotlar saqlanadi, quyidagi muddatlar bundan mustasno: yakunlangan yoki bekor qilingan buyurtma, taksi safari, usta chaqiruvi, texnika ijarasi, navbat va tadbir so'rovlaridagi telefon raqamlari 180 kundan keyin o'chiriladi (yopilgan kurs arizalarida ham 180 kun, o'qishga qabul qilinganlarida — 365 kun); taksi safarlarining marshrut chizig'i 180 kundan keyin o'chiriladi; navbatni kech bekor qilish qaydlari 90 kundan keyin o'chiriladi. Haydovchilarning prava va texpasport suratlari alohida yopiq omborda saqlanadi. Hisob o'chirilganda shaxsiy ma'lumotlar, jumladan haydovchi hujjatlari suratlari, darhol o'chiriladi; buyurtmalar tarixi do'kon hisoboti uchun ismsiz va telefonsiz holda qoladi.
Sizning huquqlaringiz
Ilovada Profil bo'limidan manzilingizni o'zgartirishingiz va hisobingizni o'chirishingiz mumkin (Telegram, Apple yoki Google bilan kirgan bo'lsangiz ham). Batafsil: hisobni o'chirish.
Bolalar
Xizmat 18 yoshdan kichiklarga mo'ljallanmagan. Ota-onalar o'quv markaziga farzandi uchun ariza berganda farzandning ismi va yoshi faqat yuqorida aytilgan maqsadda ishlatiladi; bolalar hisobi ochilmaydi.
Bog'lanish
Savollar bo'yicha Telegram'da @tumanhub_bot ga yozing yoki tumaningiz operatoriga murojaat qiling.
Ma'lumotlar operatori: «X GYM» MChJ (STIR 312620567), Samarqand viloyati, Ishtixon tumani, Boylata MFY, Oqtepa qishlog'i, 163-uy. Telefon: +998 99 155 05 13. Ommaviy oferta
Siyosat o'zgarsa, shu sahifada yangilanadi va sanasi o'zgaradi.