Ommaviy oferta

«Tuman Hub» platformasi · kuchga kirgan sana: 2026-yil 8-oktabr · tahrir: 2026-yil 9-noyabr

1. Umumiy qoidalar

1.1. «TUMAN HUB» mas'uliyati cheklangan jamiyati (STIR 313381650, keyingi o'rinlarda «Ijrochi») ushbu hujjat orqali «Tuman Hub» platformasidan foydalanuvchi har qanday jismoniy va yuridik shaxsga (keyingi o'rinlarda «Foydalanuvchi») quyidagi shartlarda xizmat ko'rsatishni taklif qiladi.

1.2. Ushbu hujjat O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367- va 369-moddalariga hamda «Elektron tijorat to'g'risida»gi Qonunga muvofiq ommaviy oferta hisoblanadi.

1.3. Platforma: tumanhub.uz sayti, «Tuman Hub» mobil ilovasi (Android, iOS), @tumanhub_bot Telegram boti va Mini App.

1.4. Foydalanuvchi platformada ro'yxatdan o'tsa, buyurtma yoki chaqiruv bersa yoki to'lov qilsa, ofertani to'liq qabul qilgan (aksept) hisoblanadi.

2. Xizmatlar

2.1. Mijozlar uchun: taksi chaqirish, do'kon, kafe va dorixonalardan buyurtma berish va yetkazib berish, usta chaqirish, salon va boshqa joylarga yozilish, navbat olish, e'lonlar, shaharlararo qatnov.

2.2. Biznes va xizmat ko'rsatuvchilar uchun (do'kon, kafe, salon, o'quv markaz, taksi haydovchisi, usta va boshqalar): platformada sahifa joylashtirish, buyurtma va yozilishlarni qabul qilish, boshqaruv kabineti — oylik obuna asosida; kafe, restoran va gul do'konlari uchun — oylik obunasiz, har yetkazilgan buyurtmadan komissiya; taksi haydovchilari uchun — komissiyali yoki oylik tarif.

2.3. Do'konlar, haydovchilar, ustalar va boshqa xizmat ko'rsatuvchilar mustaqil sub'ektlardir. Ijrochi ularni mijoz bilan bog'laydi; tovar va xizmat sifati, litsenziya va qonuniylik uchun ularning o'zi javobgar.

3. Narxlar

3.1. Tovar va xizmat narxi buyurtma berishdan oldin platformada ko'rsatiladi. Taksi narxi tuman tarifi bo'yicha hisoblanadi (chaqirish narxi + har km); manzil xaritada belgilansa — oldindan qat'iy, belgilanmasa — safar yakunida taksometr bo'yicha.

3.2. Obuna narxlari, kafe va gul do'konlari komissiyasi va haydovchi tariflari (komissiya foizi, oylik tarif narxi) platformadagi «Obuna», «Balans» va «Tarif va balans» bo'limlarida e'lon qilinadi. Ijrochi narxlar, obuna narxlari va komissiya foizlarini bir tomonlama o'zgartirishga haqli. Oshirish yangi qiymat platformaning tegishli bo'limida («Obuna», «Balans», «Tarif va balans») ko'rsatilgan kundan kamida 3 kun o'tib kuchga kiradi; platformadagi ko'rsatish e'lon hisoblanadi, alohida xabar yuborilishi shart emas. Pasaytirish darhol qo'llanadi. Allaqachon to'langan davr narxi va o'zgarish kuchga kirgunga qadar bajarilgan safar va buyurtmalar uchun komissiya o'zgarmaydi. Foydalanuvchi yangi shartlarga rozi bo'lmasa, platformadan foydalanishni to'xtatishi mumkin; kuchga kirgandan keyin foydalanishni davom ettirish roziligini bildiradi.

3.3. Kafe, restoran va gul do'konlari komissiyasi. Kafe, restoran va gul do'konlari oylik obuna to'lamaydi. Har bir yetkazilgan (topshirilgan) buyurtmaning mahsulotlar (taom, gul) summasidan (chegirmadan keyin, yetkazish narxisiz) komissiya — hozirda 8% — do'kon balansidan yechiladi. Bepul davrda komissiya olinmaydi. Do'kon balansini kartaga o'tkazma (chek bilan) yoki Payme orqali to'ldiradi. Balansdagi qarz platformada e'lon qilingan chegaradan (hozirda 100 000 so'm) oshsa, balans to'ldirilgunga qadar do'kon sahifasi mijozlarga ko'rsatilmaydi va yangi buyurtma qabul qilinmaydi. Karta orqali to'langan buyurtmalarda komissiya to'lov summasidan ushlab qolinishi mumkin.

3.4. Tuman hamkori foizi. Taksi haydovchisi yoki kafe, restoran, gul do'koni platformada tuman hamkori (franshiza) kodi bilan ro'yxatdan o'tgan yoki ulangan bo'lsa, uning komissiyasiga tuman hamkori belgilagan qo'shimcha foiz (ko'pi bilan 5%) qo'shiladi. Qo'shimcha foiz «Tarif va balans» va «Balans» bo'limlarida alohida ko'rsatiladi («platforma X% + tuman hamkori Y%»); uni oshirish 3.2-bandda belgilangan tartibda kuchga kiradi. Ushbu qo'shimcha foizni Ijrochi tuman hamkori nomidan va uning topshirig'i bilan agent sifatida qabul qiladi va unga o'tkazib beradi; u Ijrochining daromadi hisoblanmaydi.

3.5. Narxlar O'zbekiston so'mida ko'rsatiladi.

4. To'lov tartibi

4.1. Taksi safari, do'kon, kafe va dorixona buyurtmalari, usta va boshqa xizmatlar uchun to'lov, agar Foydalanuvchi naqd to'lovni tanlasa yoki karta bilan to'lash imkoniyati yoqilmagan bo'lsa, platformadan tashqarida — bevosita haydovchi, sotuvchi yoki ijrochiga amalga oshiriladi. Bunday to'lovlar platforma orqali o'tmaydi va Ijrochi ularni qabul qilmaydi.

4.2. Platforma orqali bank kartasi (Uzcard, Humo va Payme qabul qiladigan boshqa kartalar) bilan Payme to'lov tizimida quyidagilar to'lanadi: biznes, usta va haydovchilarning oylik obunasi, taksi haydovchisi, kafe, restoran va gul do'koni balansini to'ldirish, shuningdek Platformada karta bilan to'lash imkoniyati yoqilgan taksi safarlari hamda do'kon, kafe va restoran buyurtmalari. Taksi safari va buyurtma uchun karta orqali qabul qilingan pulni Ijrochi haydovchi yoki sotuvchi topshirig'i bilan, uning nomidan komissioner sifatida qabul qiladi va unga o'tkazib beradi; Ijrochining daromadi faqat komissiya mukofotidir. Obuna va oylik tarif uchun naqd yoki bank o'tkazmasi bilan to'lab, chekni platformaga yuklash ham mumkin (administrator tekshiradi).

4.3. Karta ma'lumotlari (raqami, amal qilish muddati, SMS kod) faqat Payme tizimida kiritiladi va qayta ishlanadi; Ijrochi ularni olmaydi va saqlamaydi. Karta Platformaga bog'lanmaydi va kartadan avtomatik pul yechilmaydi: har bir to'lov bir martalik — summa Platformada ko'rsatiladi va Foydalanuvchi uni Payme to'lov sahifasida o'zi tasdiqlaydi. Obuna o'z-o'zidan uzaytirilmaydi: muddat tugashidan oldin Platforma eslatadi, Foydalanuvchi keyingi davr uchun o'zi to'laydi.

4.4. To'lov natijasi (obuna muddati yoki yangi balans) platformada ko'rsatiladi va Telegram yoki ilova orqali xabar yuboriladi. To'lov cheki Payme tomonidan beriladi.

4.5. Taksi haydovchisining komissiyali tarifida yakunlangan safar komissiyasi haydovchining platformadagi balansidan yechiladi (bank kartasidan emas).

5. Bekor qilish, qaytarish va almashtirish

5.1. Taksi. Haydovchi kelguncha chaqiruvni bepul bekor qilish mumkin. Safar haqi haydovchiga bevosita to'lanadi; narx bo'yicha nizo bo'lsa — @tumanhub_bot orqali murojaat qiling, Ijrochi haydovchi bilan hal qilishga yordam beradi. Haydovchi balansidan komissiya noto'g'ri yechilgan bo'lsa, murojaatga ko'ra balansga qaytariladi.

5.2. Buyurtmalar (do'kon, kafe, dorixona). Do'kon tayyorlashni boshlagunicha buyurtmani bepul bekor qilish mumkin; buyurtma karta bilan to'langan bo'lsa, bekor qilinganda pul to'lov qilingan kartaga qaytariladi. Tovar yetkazilmasa, buyurtmaga mos kelmasa yoki sifatsiz bo'lsa, pul qaytariladi yoki tovar almashtiriladi. Sifatli tovarni qaytarish va almashtirish «Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi Qonun bo'yicha amalga oshiriladi; tez buziladigan oziq-ovqat va tayyor taomlar, dori vositalari bundan mustasno.

5.3. Obuna va oylik tarif. To'langan, lekin boshlanmagan davr uchun pul yozma murojaatga ko'ra qaytariladi. Boshlangan davr uchun to'lov qaytarilmaydi, Ijrochi aybi bilan xizmat ko'rsatilmagan holatlar bundan mustasno. Haydovchi va kafe balansidagi ishlatilmagan qoldiq hisob yopilganda murojaatga ko'ra qaytariladi.

5.4. Qaytarish uchun murojaat: @tumanhub_bot, +998 99 155 05 13 yoki boburjonabdivaliyev@gmail.com. Murojaat 3 ish kunida ko'rib chiqiladi; Payme orqali to'langan summa to'lov qilingan kartaga 10 ish kunigacha qaytariladi (bank muddati qo'shilishi mumkin).

6. Xizmat ko'rsatish kafolatlari

6.1. Ijrochi platformaning uzluksiz ishlashini ta'minlaydi (rejali texnik ishlar va Ijrochiga bog'liq bo'lmagan uzilishlar bundan mustasno), murojaatlarga 24 soat ichida javob beradi va nojo'ya kontent hamda vijdonsiz xizmat ko'rsatuvchilarni platformadan chetlatadi.

6.2. Ijrochining javobgarligi tegishli to'lov summasi bilan cheklanadi.

7. Shaxsiy ma'lumotlar

Shaxsiy ma'lumotlar «Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi Qonun va Maxfiylik siyosatiga muvofiq qayta ishlanadi. Platformadan foydalanish qoidalari: Foydalanish shartlari.

8. Nizolar va amal qilish muddati

8.1. Nizolar muzokara yo'li bilan hal qilinadi; kelishuvga erishilmasa — O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq sudda ko'riladi.

8.2. Oferta platformada e'lon qilingan kundan kuchga kiradi. O'zgartirishlar shu sahifada e'lon qilingan kundan amal qiladi.

9. Ijrochi rekvizitlari va aloqa

«TUMAN HUB» MChJ
STIR: 313381650 · Davlat ro'yxatidan o'tgan: 05.10.2026, reyestr № 3371022
Yuridik va pochta manzili: Samarqand viloyati, Ishtixon tumani, Boylata MFY, Oqtepa qishlog'i, 163-uy
Hisob raqami: 20208000707434250001, «Garant bank» AJ Ishtixon bank xizmatlari ofisi, MFO 00439
Direktor: Abdivaliyev Bobur Ali o'g'li

Telefon: +998 99 155 05 13
Elektron pochta (qo'llab-quvvatlash): boburjonabdivaliyev@gmail.com
Telegram: @tumanhub_bot
Sayt: tumanhub.uz

Foydalanish shartlari · Maxfiylik siyosati