Tuman Hub hisobini o'chirish

Hisobingizni istalgan vaqtda o'zingiz o'chira olasiz — ilovani o'rnatish shart emas, brauzer ham yetarli.

  1. Tuman Hub ni oching (Telegram, sayt, Android yoki iPhone ilovasi) va odatdagidek kiring — Telegram orqali, iPhone'da «Apple bilan kirish» yoki Android'da «Google bilan kirish» orqali.
  2. Profil bo'limiga o'ting.
  3. Pastdagi «Hisobni o'chirish» ni bosing va tasdiqlang.

Nima o'chiriladi

Ismingiz, telefon raqamingiz, Telegram, Apple yoki Google hisobi bog'lanishi, manzilingiz, sevimlilar, navbatlar, e'lonlar, kuryer/usta/haydovchi arizalari, o'quv markazlariga arizalardagi o'quvchi ismi va yoshi, push-bildirishnoma tokenlari hamda haydovchi hujjatlari — selfi, prava, texpasport va avtomobil suratlari (yopiq ombordagilari ham).

Nima qoladi

Buyurtmalar tarixi do'kon va tuman hisoboti uchun ismsiz va telefonsiz holda qoladi (summa, mahsulotlar, sana).

Muhim

Tugallanmagan buyurtma, qatnov broni yoki usta so'rovingiz bo'lsa, avval ularni yakunlang yoki bekor qiling. Do'kon egalari va operatorlar hisobi tuman operatori orqali o'chiriladi.

«Apple bilan» yoki «Google bilan kirgan» bo'lsangiz ham hisob xuddi shu yo'l bilan — ilovada Profil → «Hisobni o'chirish» orqali o'chiriladi. Ilovaga kira olmasangiz, @tumanhub_bot ga «hisobni o'chirish» deb yozing — so'rovingiz 7 kun ichida bajariladi.

Maxfiylik siyosati